Hamkorlar

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining «Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash» kafedrasi soha bo‘yicha ishlab-chiqarish bilan uzviy aloqasini ta’minlash, talabalarga bilim berish va professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek o‘quv va ishlab-chiqarish amaliyotini tashkil qilish, amaliy va xomiylik yordam ko‘rsatish bo‘yicha Germaniyaning  CLAAS  kompaniyasi bilan hamkorlik qilinmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida joriy yilning
3 iyun sanasida  OTM hududida kompaniyaning o’quv amaliy laboratoriya xonasini tashkil etish hamda o’qituvchilarni kompaniya bazasida malakalarini oshirish bo’yicha memorandum loyihasi ishlab chiqilmoqda.   

Hozirgi zamon talabadigi texnika va texnologiyalarni kafedra o’quv-amaliy jarayoniga tadbiq etish maqsadida Rossiya Federatsiyasi КубГАУning  "Эксплуататция МТП” kafedrasi mudiri Truflyuk Yevgeniy Vladimirovich bilan hamkorlik masalalari bo’yicha ZOOM platformasi orqali muzokaralar olib borildi.

Bundan tashqari kafedra Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Ushbu hamkorlik bo’yicha kafedraga tegishli xonalardan biri zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi va xona topshirilish arafasida.

 

 

“Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash kafedrasida” CLASS kompaniyasining O’rta Osiyo hududida texnik servis bo’yicha ma’sul vakili Paul Zangler bilan uchrashuv   

 

 

Rossiya Federatsiya КубГАУning  "Эксплуататция МТП” kafedra mudiri bilan ZOOM orqali suhbat