O'qitiladigan fanlar

Bakalavriyat bosqichida

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1.

Qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish

“Qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi mexanizatsiyalashgan ish jarayonlariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi.

2.

Mashinalar ishonchliligi va ta’mirlash asoslari

“Mashinalar ishonchliligi va ta’mirlash asoslari” fani mashinalar ishonchliligining nazariy asoslari, ishonchlilikni baholash usullari, mashinalarning buzilishi sabablari va ularni bartaraf etish usullari, mashinalarning chidamliligi, buzilmasdan uzoq muddat ishlashi, ta’mirbopligi, saqlanuvchanligini oshirish usullarini, qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirlash ishlab chiqarish jarayonlarini, mashina detallarini tiklashning zamonaviy texnologik jarayonlari, ta’mirlash - texnik servis bo‘limlarini loyixalashtirish asoslarini o‘rgatadi.

3

Texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash asoslari

“Texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash asoslari” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi mexanizatsiyalashgan texnologik jarayonlarini tashkil etishda namunaviy texnologik kartalar, mexanizatsiyalashgan ishlar texnologiyasi va mashinalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ishtirib olish mashinalari va texnologiyalariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi

4

Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash

“Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi mexanizatsiyalashgan ish jarayonlariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi.

5

Qishloq va suv xo‘jaligida transport

“Qishloq va suv xo‘jaligida transport” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi transport ish jarayonlariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi

6

Mexanizatsiyalashgan ishlarning texnik ta’minoti

“Mexanizatsiyalashgan ishlarning texnik ta’minoti” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlatish samaradorligiga ta’sir etuvchi mashinalar nosozliklari, ularning foydalanishdagi texnologikligini ta’minlash omillari, iqshloq xo‘jalik texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish, tashxislar usullaridan samarali foydalanish, mashinalarni saqlash usullari va tashkiliy shakllari, mashinalarni yoqilg‘i moylash materiallari bilan ta’minlash qoidalari, neft omborlaridan foydalanish qoidalari, mashina-traktor parklarini loyixalash, xisoblash, maqbullash usullariga usulbiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi.

7

Fermaning quvvati va mashinalarni boshqarish

“Fermaning quvvati va mashinalarni boshqarish” fani talabalarni nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishdagi mexanizatsiyalashgan texnologik ish jarayonlariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

8

Mashinalardan foydalanish asoslari

«Mashinalardan foydalanish asoslari» fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi mexanizatsiyalashgan texnologik jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi

9

Mashinalar ishonchliligi va ta’mirlash texnologiyasi

Mashinalar ishonchliligi va ta’mirlash texnologiyasi” fani talabalarga agrosanoat majmuidagi (ASM) mashinalar ishonchliligi, marketing va texnik servis tarmog‘ini shakllantirish va rivojlantirish, texnikalarning ishonchliligining asosiy hususiyatlarini o‘rganish, hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida amaldagi texnik servisni, shu jumladan FTS ni taxlil qilish, shu bilan birga texnik servis tarmog‘ini rivojlantirish va ularni maqbul tashkillashtirish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, amaliy ko‘nikmalar beradi.

10

Texnik servis va ta’mirlash korxonalarini loyihalash

Texnik servis va ta’mirlash korxonalarini loyihalash” fani qishloq xo‘jaligi texnikalariga texnik servis ko‘rsatish asoslarini bilishi, texnik servis vositalari to‘g‘risida tasavvurga va nazariy bilimlarga ega bo‘lishi, amaliy tajriba ishlarini o‘tkazish uslublarini o‘zlashtirishi, olingan natijalarga ishlov berishda zamonaviy hisoblash texnikalari va kompyuterlarda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni berish vazifalarini bajaradi.

11

Texnik diagnostika va texnik servis

“Texnik diagnostika va texnik servis” fani qishloq xo‘jaligi texnikalariga diagonostika qo‘yish, texnik servis ko‘rsatish asoslarini bilishi, texnik servis vositalari to‘g‘risida tasavvurga va nazariy bilimlarga ega bo‘lishi, amaliy tajriba ishlarini o‘tkazish uslublarini o‘zlashtirishi, olingan natijalarga ishlov berishda zamonaviy hisoblash texnikalari va kompyuterlarda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni berish vazifalarini bajaradi.

12

Qishloq xo‘jaligi texnikalariga firmaviy texnik xizmat ko‘rsatish asoslari

“Qishloq xo‘jaligi texnikalariga firmaviy texnik xizmat ko‘rsatish asoslari Respublikamiz va rivojlangan xorijiy davlatlarda texnik servis, firmaviy texnik servis, lizing va dilerlik xizmatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, mashina traktor-parklari tarkibi, texnika-lardan samarali foydalanish usulllari to‘g‘risida tassavvurga ega bo‘lishi, ulardan foydalanish, texnik servisni texnologik jarayonlari, ularni bajarishda uslubiy va hamda ilmiy yondoshuvi kabi ko‘nikmalarni shakllantirish vazifalarini bajaradi.

13

Mashinalar ishonchliligi va ta’mirlash

“Mashinalar ishonchliligi va ta’mirlash” fani mashinalar ishonchliligini baholash usullari, mashinalarning buzilishi sabablari va ularni bartaraf etish usullari, mashinalarning chidamliligi, buzilmasdan uzoq muddat ishlashi, ta’mirbopligi, saqlanuvchanligini oshirish usullarini, qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirlash ishlab chiqarish jarayonlarini, mashina detallarini tiklashning zamonaviy texnologik jarayonlari, ta’mirlash - texnik servis bo‘limlarini loyixalashtirish asoslarini o‘rgatadi.

14

Mashinalarning texnik samaradorligi

“Mashinalarning texnik samaradorligi” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, texnikalardan foydalanishda avvalo ularning foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash xisobiga ish unumini oshirishning eng zamonaviy usullardan foydalanish hamda bajariladigan ishlarni tashkil etishning yangi tartib va qoidalarini ishlab chiqarishga joriy qilish kabi vazifalarni bajaradi.

15

Ilmiy izlanish asoslari

“Ilmiy izlanish asoslari” talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, mexanizatsilashgan texnologik jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi.

16

Mashinalardan foydalanish va texnik servis

“Mashinalaridan foydalanish va texnik servis” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi mexanizatsiyalashgan ish jarayonlariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi.

17

Resurstejamkor texnika va texnologiyalar

“Resurstejamkor texnika va texnologiyalar” fani qishloq xo‘jaligida resurstejamkor texnika va texnologiyalarni qo‘llash borasida yaratilgan zamonaviy resurstejamkor texnologiyalar, energetik vosita va ishchi mashinalarni hamda bu sohadagi ilmiy texnik taraqqiyot yo‘nalishlarini, ishlab chiqarishda maxsulot sifatini va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish ishlarini tashkillashtirish vazifalarini bajaradi.

18

Mashinalar ishonchliligi va texnik servis

“Mashinalar ishonchliligi va texnik servis” fani qishloq xo‘jaligi texnikalarining ishonchliligini oshirish, texnik servis asoslarini bilish, nazariy bilimlarga ega bo‘lish, amaliy tajriba ishlarini o‘tkazish uslublarini o‘zlashtirish, olingan natijalarga ishlov berishda zamonaviy hisoblash texnikalari va kompyuterlarda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish vazifalarini bajaradi.

19

Qishloq xo‘jaligi mashinalarini ergonomikasi

“Qishloq xo‘jaligi mashinalarini ergonomikasi” fani texnik fanlar hamda inson va uning mehnat faoliyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni, ya’ni, inson avtomatlashtirilgan tizimning bir qismi bo‘lganligi uchun uning xarakteristikasini (inson charchashi, ishlarni bir maromda bajarilishi, ishning sharoitlari, atrof-muhit hamda biomexanik va fiziologik omillar va b.), inson va mashinaning o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi vositalarni loyihalash, operator va mashinaning faoliyatini o‘zaro taqsimlash, operatorni tayyorlash, o‘rgatish va tanlab olish kabi vazifalarni bajaradi.

Magistratura bosqichida

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1

Qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servis asoslari

“Qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servis asoslari” fani qishloq xo‘jaligi texnikalarining ishonchliligini oshirish, ulardan samarali foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish sohasi uchun bo‘lajak mutaxassislarga berilgan tabiiy ishlab chiqarish sharoitlariga asosan turli mashinalar va ularning agregatlaridan unumli foydalanish; qishloq xo‘jalik texnikalarining moddiy-texnika bazalarini ilmiy asosda tanlash; yuqori samarada ishlatish; ularning ishonchlilik ko‘rsatkichlarini o‘rganish; baholash; ishlash qobiliyatini zamonaviy texnik xizmat ko‘rsatish texnologiya va texnikalaridan foydalanib tashkil etish, ularning ishlash qobiliyatini hamda resursini eng zamonaviy usullar yordamida ta’minlash, resursini qayta tiklash texnologiyalarini, mashina detallarini tiklash texnologik jarayonlarini takomillashtirish va ishlab chiqish asoslari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakillantirini o‘rgatadi.