Konstitutsiyaning yangi tahriri

Bugun 28-mart kuni QXM fakultetida talabalarga konstitutsiyaning yangi tahririga bag'ishlangan tanishtiruv yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda fakulteti dekani konstitutsiyada o'zgarish kiritilishini taqozo etgan sabablarni hayotiy misollar bilan, asosli yondoshuvlar bilan batafsil tushuntirib berdi. Bugungi globallashuv jarayoni avj pallada turgan davrda ertangi kunimiz kelajagimiz uchun mukammallashuv talab qilayotgan tartib qoidalarni qonun bilan mustahkamlash zaruratlari haqida yetarlicha muhokamalarga yo'g'rilgan yig'ilishda talabalar o'z fikr mulohazalari bilan faol ishtirok etdi.Bundan ko'rinib turibdiki, talabalarimiz jamiyatdagi o'zgarishlarga befarq emas. Fakulteti dekani talabalarga 30-aprel kuni bo'lishi kutilayotgan referendumda qatnashish har bir ongli fuqaroning ,kelajakka o'zini daxldor deb bilgan har bir vijdonli insonning burchi ekanligini ta'kidlab,  bu jarayonda befarq bo'lmaslikka chaqirdi.