Ilmiy ishlar

Ilmiy tadqiqot ishlar mavzusi

Maqsad va vazifalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot

1

Intensiv bog‘lar uchun takomillashgan traktor konstruksiyasini taxlil qilish

Intensiv bog‘dagi daraxtlarni parvarishlashda qo‘l mexnatini yengillashtirish va mevalarni yig‘ib olishni mexanizatsiyalashtirish

2

Traktor dvigatellarining sovitish tizimini takomillashtirish

Traktor dvigateli sovitish tizimini ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiya ishlab chiqish

3

Atmosfera havosidagi mayda uchuvchan zarrachalar (RM10, RM2.5) miqdori monitoring qilish va tarkibini o‘rganish

Atmosfera havosidagi mayda uchuvchan zarrachalar (RM10, RM2.5) miqdorini monitoring qilish va ularni kelib chiqish manbalarini o‘rganish

4

Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari parametrlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish

Xozirgi kunda energiya zaxirasi imkoniyatini oshirish maqsadida muqobil energiya manbalaridan foydalanish va ularni O‘zbekiston sharoiti uchun maqbul variantlarni ishlab chiqish

5

Cho‘l yaylovlarini mexanizatsiyalashning ilmiy-texnikaviy yechimlarini ishlab chiqish

Inqirozga uchragan yaylovlarni qayta tiklash va kam hosilli yaylovlarni yaxshilash maqsadida cho‘l ozuqabop o‘simliklari urug‘larini ekishda qo‘llaniladigan texnik vosita va texnologiyalarni ishlab chiqish va takomillashtirish 

 

Olingan  natijalar:

  1. Intensiv bog‘lar uchun takomillashgan traktor konstruksiyasini taxlil qilish
  • Intensiv bog‘dagi daraxtlarni parvarishlashda qo‘l mexnatini yengillashtirish  
  • Mevalarni yig‘ib olishni mexanizatsiyalashtirish  
  1. O‘zbekiston sharoitida traktor dvigateli sovitish tizimini ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi
  • Traktor dvigateli sovitish tizimini ishlash samaradorligini oshirish bo‘yichatavsiya ishlab chiqildi.
  • Mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalarda 3 ta ma’ruza qilindi.
  1. Toshkent shaxrida atmosfera havosidagi mayda uchuvchan zarrachalar (RM10, RM2.5) miqdorini monitoring qilish va tarkibini o‘rganish bo‘yicha dastlabki tadqiqotlardan biri o‘tkazildi.
  • Tadqiqotlarni olib borishda AQShning Vashington shtati universiteti va Uzgidromet tarkibiga kiruvchi Gidrometeorologiya ilmiy tekshirish instituti va professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari bilan hamkorlik qilindi
  • Mayda uchuvchan zarrachalar miqdorini aniqlashda foydalaniladigan atmosfera havosidan namuna oluvchi jihozlar va boshqa materiallar olindi
  • Atrof muhit va inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchiRM10, RM2.5 miqdori yoz va kuz oylarida eksperimental maydonchalarda aniqlandi
  • Zarrachalar tarkibi o‘rganildi va ularni paydo bo‘lish manbalari tahlil qilindi, mobil energetik vositalarning zarrachalar hosil bo‘lishidagi ulushi aniqlandi
  • Mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalarda 3 ta ma’ruza qilindi va 3 maqola chop etildi
  1. Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari parametrlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish
  • Energiya zaxirasi imkoniyatini oshirish maqsadida muqobil energiya manbalaridan foydalanish
  • O‘zbekiston sharoiti uchun maqbul variantlarni ishlab chiqish
  1. Cho‘l yaylovlarini mexanizatsiyalashning ilmiy-texnikaviy yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi
  • Yaylov o‘simliklari urug‘ini ekish seyalkasining takomillashgan konstruksiyasi ishlab chiqildi,tajriba – sanoat nusxasi tayyorlandiva sinovlarni o‘tkazish “VMKV-Agromash” AJ ga topshirildi;
  • Cho‘l o‘simliklari urug‘ini ekish agregatining sinovlari Samarkand viloyatidagi Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti ilmiy-ishlab chiqarish xo‘jaligida va Jizzax viloyati Forish tumanida“VMKV-Agromash” AJ tajriba uchastkasida o‘tkazildi.
  • Cho‘l yaylov o‘simliklari urug‘ini ekish va yig‘ishtirib olishga oid tavsiya tavsiyalar ishlab chiqildi
  • Tadqiqot ishlari natijalari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetida o‘quv jarayoniga joriy etildi;
  • Mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalarda 3 ta ma’ruza qilindi va 3 maqola chop etildi