Shartnomalar

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetiga to‘lov shartnoma asosida bakalavriaturaga qabul qilingan talabalar uchun bir yillik o‘qish puli 10 792 000 so‘m bo‘lib, shundan 50%ini ya’ni 5 396 000 so‘mini o‘qish yilining 15 sentabrgacha to‘lash belgilangan. Shu bilan bir qatorda stipendiyasiz ham shartnoma pulini to’lash mumkin. Unda barcha talabalar uchun bir xil stipendiya (400 ming so’m) pulini olmasdan to’lasa bo’ladi. Ya’ni, yiliga 4 800 000 so’m stipendiya olmasdan, 5 992 000 so’m to’lanadi.

Magistraturaga davlat byudjeti asosida talabalar qabul qilinadi.