O'qitiladigan fanlar

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR

Bakalavriyat bosqichida

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1.

Mashina traktor parkidan foydalanish

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarayotgan fermer xo‘jaliklarida  mavjud bo‘lgan mashina-traktor agregatlaridan  foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari va qonuniyatlarini o‘rganish,  shu asosda ishlab chiqarish vositalarini maqbul -maqsadli tarkibini shakllantirish va mahsulot tannarxidagi mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarni bajarishda bo‘ladigan mablag‘ sarfini eng kam miqdoriga erishishni ta’minlashni o‘rgatadi

2.

Mashinalar ishonchliligi va ta’mirlash

“Mashinalar ishonchliligi va ta’mirlash” fani mashinalar ishonchliligining nazariy asoslari, ishonchlilikni baholash usullari, mashinalarning buzilishi sabablari va ularni bartaraf etish usullari, mashinalarning chidamliligi, buzilmasdan uzoq muddat ishlashi, ta’mirbopligi, saqlanuvchanligini oshirish usullarini, qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirlash ishlab chiqarish jarayonlarini, mashina detallarini tiklashning zamonaviy texnologik jarayonlari, ta’mirlash - texnik servis bo‘limlarini loyixalashtirish asoslarini o‘rgatadi.

3

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash

«Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish» fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi mexanizatsiyalashgan texnologik jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi

4

Qishloq xo‘jaligida muxandislik tizimlari

“Qishloq xo‘jalik muhandislik tizimlari “ fani o‘quv reja tarkibiga haqli ravishda kiritilgan. Respublikamiz va  rivojlangan xorijiy davlatlarda texnik servis, firmaviy texnik servis,lizing va dilerlik xizmatlarining hozirgi  xolati va rivojlaish istiqbollari, mashina traktor-parklari tarkibi, texnika-lardan samarali foydalanish usulllari to‘g‘risida tassavvurga ega bo‘lishi, ulardan foydalanish, texnik servisni texnologik jarayonlari,ularni bajarishda uslubiy  va xamda ilmiy yondoshuvi kabi kunikmalarni shakllantirish vazifalarini bajaradi.

5

Texnik servis korxonalarida ishlab chiqarishni takomillashtirish va rejalashtirish

“Texnik servis korxonalarida ishlab chiqarishni tashkillashtirish va rejalashtirish” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, iqtisoslashgan ta’mirlash-texnik servis korxonalarining yillik ishlab chiqarish ishchilari va dastgoxlar sonini  aniqlash, maydonlarni hisoblash, ularn komponovkalash, eng maqbul echimlarini topishni va texnologik jihozlarni to‘g‘ri joylashtirish, energoresurslarga bo‘lgan iextiyojni hisoblash zarur texnikaviy sanitariya jixozlar sonini aniqlash, loyihada taklif qilinayotgan echimlarning samaradorligini asoslash bo‘yicha uslubiy yondoshuv xamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

6

Qishloq va suv xo‘jaligida transport

“Qishloq va suv xo‘jaligida transport” fani talabalarni  nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi transport ish jarayonlariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi

7

Soxa muxandislik tizimlari

“Soha muhandislik tizimlari” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, fanning shakllanish va rivojlanish tarixi, respublikamiz va xorijiy davlatlarda texnik servis, firmaviy texnik servis, dilerlik xizmatlarining hozirgi xolati va rivojlanish istiqbollari, mashina traktor-parklari tarkibi, texnikalardan samarali foydalanish konsepsiyasi to‘g‘risida tassavvurga ega bo‘lishi, ulardan foydalanish, ta’mirlash texnologik jarayonlari bo‘yicha uslubiy yondoshuv xamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi

Magistratura bosqichida

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1

Texnik tizimlar ishonchliligi va foydalanish nazorati

Qishloq xo‘jaligi texnikalarining ishonchliligini oshirish, ulardan samarali foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishsohasi uchun bo‘lajak mutaxassislarga berilgan tabiiy-ishlab chiqarish sharoitlariga asosan turli mashinalar va ularning agregatlaridan unumli foydalanish; qishloq xo‘jalik texnikalarining moddiy-texnika bazalarini ilmiy asosda tanlash; yuqori samarada ishlatish; ularning ishonchlilik ko‘rsatkichlarini o‘rganish; baholash; ishlash qobiliyatini zamonaviy texnik xizmat ko‘rsatish texnologiya va texnikalaridan foydalanib tashkil etish, ularning ishlash qobiliyatini hamda resursini eng zamonaviy usullar yordamida ta’minlash, resursini qayta tiklash texnologiyalarini, mashina detallarini tiklash texnologik jarayonlarini takomillashtirishni o‘rgatadi.

2

Mashina traktor agregatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarayotgan fermer xo‘jaliklarida mavjud bo‘lgan mashina-traktor agregatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari va qonuniyatlarini o‘rganish, shu asosda ishlab chiqarish vositalarini maqbul-maqsadli tarkibini shakllantirish va mahsulot tannarxidagi mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarni bajarishda bo‘ladigan mablag‘ sarfini eng kam miqdoriga erishishni ta’minlashni o‘rgatadi