Xorijiy ilg‘or kompaniyalar bilan hamkorlik

Institutimiz “Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash” fakul'teti bilan Rossiya Federatsiyasining “Rostsel'mash” kompaniyasi hamkorlik shartnomasi doirasida, “Rostsel'mash” kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha marketing direktori Alla Aleksandrovna Demchenko institutimizga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida A.A.Demchenko “Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash” fakul'teti o‘quv jarayoni, fakul'tetdagi kafedralar faoliyati va ularning o‘quv bazasi bilan tanishdi. Shundan so‘ng A.A.Demchenko “Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash” fakul'teti professor-o‘qituvchilari, magistr talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv so‘ngida A.A.Demchenko kelgusida “Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash” fakul'tetiga “Rostsel'mash” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan texnikalarining zamonaviy laboratoriya stendlari bilan boyitilishi borasidagi ishlar davom ettirilishini aytib o‘tdi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning stajirovka o‘tashlari hamda kompaniya tomonidan adabiyotlar bilan ta'minlanishi yuzsidan kelishib olindi.